Ronaldu: "Bazida meni tinch qo'yinglar deb aytgim keladi"
13 may 2019 22:17
Yangiliklar


Ronaldu: "Bazida meni tinch qo'yinglar deb aytgim keladi"
Yuventus forvardi Krishtianu Ronaldu undan har mavsum yuqori darajadagi o'yin namoyish etishni talab qilayotganlardan charchaganini aytdi.
“Muntazam bosimdan charchadimmi? Inkor eta olmayman. Bazida bu meni xavotirga soladi. Har mavsumni yaxshi o'tkazishim kerakligini oldindan bila turib, charchab qolaman. Bu qiyin. Sen nafaqat o'zinga, balki boshqalarga, yani, muxlislar va atrofda kuzatib turganlarga ham nimanidir isbotlashga urunishing kerakligi senga qo'shimcha yuklama beradi. SHuningdek, onang va farzandlaringga ham. «Krish, sen ertaga g'alaba qozonishin kerak» degan gaplarni ko'p eshitaman. Juda ko'p mashq qilish kerak. Biroq, bazida: «Meni tinch qo'yinglar» deb aytgim keladi”, – deya qayd etgan futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar