Ronaldu “Barselona” bilan o'ynashi uchun UEFA talabini bajarishi kerak
14 okt 2020 20:45
Yangiliklar
Ronaldu “Barselona” bilan o'ynashi uchun UEFA talabini bajarishi kerak
Koronavirus bilan kasallangan Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ning bo'lajak o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
Avval xabar berilganidek, u “Krotone” (A Seriya, 17 oktyabr) va “Dinamo K” (ECHL, 20 oktyabr) bilan bahslarda qatnasholmaydi.
Ronaldu “Verona” (A Seriya, 25 oktyabr) hamda ko'pchilik kutayotgan “Barselona”ga (ECHL, 28 oktyabr) qarshi o'tadigan uchrashuvlargacha safga qaytishni rejalashtirmoqda. Biroq, Krishtianu kataloniyaliklar qarshi o'yinda qatnashishi uchun mazkur bahsdan bir hafta oldin salbiy testdan o'tishi kerak bo'ladi, deya xabar bermoqda ESPN nashri UEFA manbasiga tayanib.
SHu tariqa, 35 yoshli hujumchi 21 oktyabrga qadar kasallikni engib o'tishi lozim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar