Ronaldu Ali Dayining rekordini takrorladi. Eronlik sobiq futbolchi bunga munosabat bildirdi
24 iyu 2021 07:41
Yangiliklar
Ronaldu Ali Dayining rekordini takrorladi. Eronlik sobiq futbolchi bunga munosabat bildirdi
Kecha Krishtianu Ronaldu terma jamoasi safidagi 109-golini urdi.
Bu orqali u eronlik Ali Dayining rekordini takrorladi.
Eron terma jamoasining sobiq futbolchisi Ali Dayi ushbu holatga o'z munosabatini bildirdi.
"Tabriklayman Krishtianu Ronaldu. Erkaklar terma jamoalari tarkibida gol urish bo'yicha yangi rekord uchun bitta gol qoldi.
Bu rekordning Ronalduga tegishli bo'lishi men uchun sharaf. U buyuk chempion va insonparvar odamdir. U insonlarni ruxlantiradi va ularning hayotiga tasir ko'rsata oladi.
Olg'a", - deb xabar qoldirdi eronlik sobiq futbolchi Instagramdagi sahifasida.
Fikrlar