Ronaldu "Al-Nasr"dagi vaziyatdan norozi
02 fev 09:20
Yangiliklar
Ronaldu "Al-Nasr"dagi vaziyatdan norozi
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "Al-Nasr"dagi mavjud vaziyatdan norozi bo'lib, jamoa o'yinlarida ishtirok etishdan bosh tortmoqda.
Manba malumotlariga ko'ra, Ronaldu "Al-Nasr"ning navbatdagi uchrashuvini o'tkazib yuborishni rejalashtirmoqda. Krishtianu Saudiya Arabistoni Davlat investiciya jamg'armasining klubni boshqarish uslubidan norozi. Shuningdek, portugal futbolchi "Al-Nasr"ga etarlicha investiciya kiritilmayotganidan shikoyat qilmoqda.
Ronalduning fikricha, klub rahbariyati "Al-Nasr" manfaatlariga zarar etkazmoqda, ayniqsa transfer bozorida ancha faol harakat qilayotgan "Al-Hilol" bilan solishtirilganda.
Malumot o'rnida, Krishtianu Ronaldu 2023 yildan beri "Al-Nasr" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi esa 2027 yilgacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" 90+10 дақиқада гол уриб, ўн киши бўлиб қолган "Райо Вальекано"ни мағлубиятга учратди
ЕЧЛ ўтиш учрашувларига қуръа ташланди: "Реал" яна Моуриньюнинг "Бенфика"си билан ўйнайди!
АПЛ. "Манчестер Сити" "Тоттенхэм" билан ўйинда 2:0 ҳисобида ғалаба қозона туриб, якунда очко йўқотди
Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон гуруҳдаги сўнгги ўйинда Японияга мағлуб бўлди, аммо кейинги босқичга чиқди
Fikrlar