Ronaldu 20 yil ichida ilk bor "Oltin to'p" uchun da'vogarlar ro'yxatiga kirmadi

Aziz Tukhtamuradov
7 sen 2023, 08:52
Kecha "Oltin to'p" uchun 30 nafar da'vogar futbolchi ro'yxati e'lon qilingandi.

"Al Nassr"ning 38 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu ushbu ro'yxatga kiritilmadi. So'nggi marotaba 2003 yilda Ronaldu nomzodlar qatoridan o'rin olmagandi.

Da'vogarlar orasida Lionel Messi, Kilian Mbappe, shuningdek "Al Hilol"da o'ynayotgan marokashlik darvozabon Yassin Bunu ham bor. 

"Oltin to'p"ni topshirish marosimi 30 oktyabr kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta