Ronaldu 2 yillik tanaffusdan so'ng, jarima zarbasidan gol urdi. U faoliyatidagi yubiley xet-trikka erishdi
17 apr 2022 08:00
Yangiliklar


Ronaldu 2 yillik tanaffusdan so'ng, jarima zarbasidan gol urdi. U faoliyatidagi yubiley xet-trikka erishdi
Angliya chempionati 33-turida “Manchester Yunayted” Krishtianu Ronalduning xet-trigi evaziga “Norvich”ni 3:2 hisobida zafar quchdi.
Bu Ronalduning faoliyatidagi yubiley 60-xet-trigi bo'ldi. 37 yoshli forvard ularning 44 tasini “Real”, MYU hamda “Yuventus”da 3 tadan, 10 tasini esa Portugaliya TJda qayd etgan.
SHuningdek, Krishtianu 2020 yil iyulidan ("Yuventus" - "Torino" 4:1) beri ilk bor jarima zarbasidan to'p kiritdi. Bu uning uchun 58-aniq zarba bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar