Ronaldino: "O'ylaymanki, Mbappe PSJda qoladi"
31 mar 2022 22:35
Yangiliklar


Ronaldino: "O'ylaymanki, Mbappe PSJda qoladi"
"Barselona" va PSJning sobiq futbolchisi Ronaldino bir necha yillardan beri "Real"ga o'tish bilan faol ishtiyoqida yurgan Killian Mbappe atrofidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Menimcha, Mbappe PSJda qoladi. U yolg'iz o'zi ko'p narsaga erisha oladi, lekin Neymar va Messi bilan birgalikda undan-da ko'prog'iga qodir", - dedi braziliyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq PSJ Mbappega haftasiga bir million evrodan ko'proq maoshli shartnoma taklif qilgan edi. Mbappening o'zi yakuniy qarorga kelgani yo'q, chunki u hali ham "Real"ga o'tishni istaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar