Ronaldino “Krasnodar” akademiyasiga tashrif buyurdi
18 may 2018 22:50
Yangiliklar


Ronaldino “Krasnodar” akademiyasiga tashrif buyurdi
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldino “Krasnodar” futbol klubi akademiyasiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda klubning rasmiy Tvitteri.
“Akademiyamizga bugun supermehmon tashrif buyurdi. Videoguruhimizi va fotograflarimiz u bilan birgalikda turli lavhalarni suratga olishmoqda. Foto va video lavhalarni sabrsizlik bilan kutib qolamiz”, deyiladi klub tomonidan tarqatilgan xabarda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar