So’nggi yangiliklar

11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  0 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  0 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  2 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  1 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  0 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  4 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  4 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  23 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  45

Ronald Kuman: “Ilk sovrin cho'ntagimizda, keyingisi sari harakat qilamiz” Yangiliklar

Ronald Kuman: “Ilk sovrin cho'ntagimizda, keyingisi sari harakat qilamiz”

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya kubogida g'oliblikdan so'ng o'z mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

“Final bellashuvida bunday hisob noodatiy hisoblansada, biz haqli ravishda g'oliblikka erishdik. Gol kiritilishini ko'proq kutishimizga to'g'ri kelgan bo'lsada, ungacha ham ko'plab vaziyatlarni yarata olgandik. Biz ishonch bilan o'yinni boshqarayotgandik va hisobni ochganimizdan keyin bellashuvni g'alaba sari etaklay oldik, yigitlar barcha jabhalarada benazir harakat qilishdi.

Ayni paytda fantastik hissiyotlar og'ushidaman. Mavsumda hech bo'lmasa bitta sovringa ega chiqishga loyiq edik. Klub bunga loyiq. Almashinuvlar yilida bu jamoa uchun judayam muhim sovrin bo'ldi. Jamoam doim nimadir yutishiga ishongandi. Bugun barcha kataloniyaliklar uchun baxtli kun. Haqli mukofot. Joriy mavsumda biz jamoada ko'plab o'zgarishlarni amalga oshirdik, shunga qaramay futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishdi. Jamoaning aynan kubok o'yinlariga bo'lgan munosabatini alohida takidlagan bo'lardim. CHunki ushbu turnirda ko'plab qiyinchiliklarni engib o'tishga to'g'ri keldi. Biz sovringa chanqoq edik. Endi bizda ilk sovrin bor, ikkinchisini qo'lga kiritish uchun harakatni davom ettiramiz. Men o'zimni judayam baxtli his qilayaman.

De Yong va Messi – ajoyib futbolchilar. Leo bir necha yillardan buyon dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanligini isbotlab kelmoqda. U bugun ham foydali o'yini bilan buni barchaga namoyon etdi. SHuningdek Frenki ham. Umuman barcha futbolchilarimni takidlagan bo'lardim. Jamoam yuksak saviyada o'yin ko'rsata oldi.

Umid qilamanki, bu Messining “Barselona” safida Ispaniya kubogidagi so'nggi o'yini emas. Biz u jamoada qolishini istaymiz”, deya Kumanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика