Romelu Lukaku: "O'z ustimda ko'p ishlashga tayyorman"

Tolibjon Qosimov
7 fev 2017, 10:34
"Everton" hujumchisi Romelu Lukaku o'z ustida ko'p ishlashga tayyorligini bildirib o'tdi.
"Men juda ham oldinga o'tib ketmoqchi emasman. Bu men o'tgan mavsumda yo'l qo'ygan xato. Men o'shanda haqiqiy narsalar haqida o'ylash o'rniga, kelajakda meni nimalar kutayotgani haqida o'ylardim. Endi men uchun hammasi boshqacha: kundan-kunga, o'yindan-o'yinga. Qay darajaga yetib borishim mumkinligini bilaman, lekin buning uchun o'z ustimda juda ko'p ishlashim zarur. Va men bunga tayyorman.

Hech qachon o'z manzilim tomon yuborilgan tanqidlarni yashirishga urinmayman. Bizga yaxshi o'yin uchun pul to'lashadi, men faqat bitta narsani - yaxshi o'ynashni hoxlayman", - deydi Lukaku.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sportsmole