Romelu Lukaku: "Osasuna"ga qarshi o'yinda Ronalduning qanday sakraganini ko'rdingizmi? Aql bovar qilmaydi!"
10 jan 2014 13:55
Yangiliklar


Romelu Lukaku: "Osasuna"ga qarshi o'yinda Ronalduning qanday sakraganini ko'rdingizmi? Aql bovar qilmaydi!"
"Everton" hujumchisi Romelu Lukaku Ispaniya Kubogi doirasidagi "Real" - "Osasuna" o'yinida, Ronaldu juda baland sakragan vaziyat haqida fikr bildirdi.
"Haqiqatdan shunday bo'lganiga ishongim kelmaydi. Ronalduning "Osasuna"ga qarshi o'yinda qanday balandga sakraganini ko'rdinglarmi?"
"Men yuqoriga sakray oladigan odamlarni ko'rganman. Biroq bunisiga aql bovar qilmaydi".
"Bu yana bir bor agar qattiq mehnat qilinsa, hamma narsaga erishish mumkinligini isbotlab turibdi", deb yozadi Lukaku o'zining Instagramdagi sahifasida.

Fikrlar