Romelu Lukaku: "Kumirlarim – Ronaldo va Adriano"
09 fev 2020 22:48
Yangiliklar


Romelu Lukaku: "Kumirlarim – Ronaldo va Adriano"
Milanning "Inter" klubi hujumchisi Romelu Lukaku jamoaning o'yinlarini ancha vaqtdan beri kuzatib kelayotgani va futboldagi kumirlari haqida fikr bildirdi.
"Men 2009 yilgi derbida "Inter"ning 4:0 hisobidagi g'alabasini eslayman. O'shanda endigina ilk professional shartnomamni qo'limga olgach, o'yinni ko'rgandim. Uesli Sneyder debyut qilgandi.
Menda Samyuel Eto′O va Diego Militoning maydondagi harakatlari, Tiago Mottaning ajoyib goli ulkan taassurot qoldirgandi.
Ikkita kumirim bor – Ronaldo va Adriano. Ular bilan uchrashish, suhbatlashish imkoni bo'lsa, men uchun ajoyib va takrorlanmas lahzalar bo'lardi.
Ular "Inter" uchun qilgan ishlarining oz qismini qila olamanmi yoki yo'q, bilmayman. Ammo klub sharafini chin dildan himoya qilishga harakat qilaman", – dedi belgiyalik futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar