"Roma"ning 4 futbolchisi "Ayaks" bilan o'yinni o'tkazib yuboradi
08 apr 2021 01:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629840_original.jpg)
![](/upload/storage/629840_220.jpg)
"Roma"ning 4 futbolchisi "Ayaks" bilan o'yinni o'tkazib yuboradi
"Roma" Evropa Ligasi chorak finalida "Ayaks"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi.
Amsterdamga 20 nafar futbolchi jo'nab ketdi, ular orasida himoyachi Kris Smolling, yarim himoyachi Genrix Mxitaryan va hujumchi Stefan El SHaaravi yo'q. Ularning uchalasi ham jarohati tufayli birinchi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Ulardan tashqari diskvalifikaciya tufayli himoyachi Rik Karsdorp rimliklarga yordam bera olmaydi.
"Ayaks" hamda "Roma" o'rtasidagi Evropa Ligasi chorak finalining birinchi o'yini 8 aprel kuni Amsterdamda bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00 ga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar