“Roma”ga “SHaxtyor” hujumchisi kerak
24 iyu 2019 07:40
Yangiliklar
“SHaxtyor” hujumchisi Junior Moraesga “Roma” jiddiy qiziqib qoldi. Rimliklar murabbiyi Paulu Fonseka Moraesni yaxshi taniydi, boisi ular “SHaxtyor”da birga faoliyat olib borgan. “Roma” esa Juniorni jamoadan ketishi kutilayotgan Edin Jekoga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Moraes o'tgan mavsum Ukraina chempionatida 27 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar