"Roma" Zanoloni uzoq muddatga saqlab qolmoqchi
05 okt 2022 13:44
Yangiliklar


"Roma" Zanoloni uzoq muddatga saqlab qolmoqchi
Rim klubi futbolchi Nikolo Zanolo bilan yangi uzoq yillik bitim imzolashga yaqin turibdi.
Ushbu bitimning amalga oshishiga Italiya jamoasining ishonchi komil. 23 yoshli hujumkor yarim himoyachiga Joze Mourinyu tomonidan yuqori baho berilmoqda va uning kelajagini jamoa bilan bog'liqligini saqlash uchun harakat qiladi.
Yangi kelishuv 5 yilga mo'ljallanadi va Zanolo 2027 yilga qadar yiliga 4 mln evro ishlab topadi.
Italiyalik yarim himoyachi ushbu mavsum "Roma" tarkibida 5 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar