"Roma" Zanolo bilan shartnomani uzaytiradi, uning daromadi 300 ming evrodan 2 milliongacha oshadi
24 mar 2019 00:35
Yangiliklar
"Roma" Zanolo bilan shartnomani uzaytiradi, uning daromadi 300 ming evrodan 2 milliongacha oshadi
"Roma"ning yosh yarim himoyachisi Nikolo Zanolo jamoa bilan shartnomasini uzaytiradigan bo'ldi.
Tomonlar 5 yilga shartnoma tuzishga kelishib oldi. 19 yoshli xavbek "Yuventus", "Arsenal", "Manchester Yunayted"dan qiziqish bo'layotganiga qaramay, rimliklar bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi, deya xabar berdi Football Italia nashri.
Uning yillik maoshi 6 martadan ko'proqqa oshirildi – 300 mingdan 2 million evrogacha. Joriy mavsum Zanolo A Seriyaning 19 uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikrlar