"Roma" Smolling bilan shartnomani uzaytirishiga ishonmoqda
10 jan 2023 17:59
Yangiliklar


"Roma" Smolling bilan shartnomani uzaytirishiga ishonmoqda
"Roma" sport direktori Tiago Pinto klub himoyachi Kris Smolling bilan shartnomani uzaytirishiga ishonch bildirdi.
"Biz hammaga mos keladigan shartlar ustida ishlayapmiz. Kris klub uchun muhim. U biz uchun o'ynashda davom etmoqchi, uning qolishini istaymiz", – dedi Pinto.
Smolling "Roma" safida 2020 yilning oktyabr oyidan beri to'p tepib kelmoqda. 2022/23 yilgi mavsum u jamoa safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. 33 yoshli angliyalikning rimliklar bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar