"Roma" Rudi Garsiyaning iste'fosini tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2016, 17:22
"Roma" o'z rasmiy saytida jamoa bosh murabbiyi Rudi Garsiya bilan shartnoma bekor qilinganini tasdiqladi.

Klubni fransiyalik mutaxassining yordamchilari Frederik Bompar va Klop Fisho ham tark etadi.

Garsiya 2013 yilning yozida "Roma"ga kelgan edi va 2013/14 mavsumda birinchi 10 uchrashuvda 10 ta g'alabaga erishib, rekord o'rnatgan. U jamoa bilan birga ikki marotaba Italiya vice-chempioni bo'lgan, ammo joriy mavsumda "bo'rilar" beshinchi o'rinni egallab turibdi.

"O'z nomimdan va klub nomidan Garsiyaga minnatdorchilik bildiraman. Biz birgalikda yaxshi damlarni boshimizdan o'tkazdik, ammo hozir o'zgarishlar vaqti keldi deb o'ylayman" - deydi "Roma" rahbari Jeyms Palotta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia