"Roma" Olsenni "SHeffild Yunayted"ga yubordi
01 sen 2021 15:11
Yangiliklar


"Roma" Olsenni "SHeffild Yunayted"ga yubordi
"Roma" darvozaboni Robin Olsen navbatdagi ijaraga yo'l oldi.
31 yoshli futbolchi 2021/22 yilgi mavsumni Angliya klubida o'tkazadi. Posbon "SHeffild Yunayted" bilan shartnoma imzoladi.
Robin Rim klubiga 2018 yilda kelgan edi, ammo u "bo'rilar" asosiy tarkibiga kira olmadi.
Olsen o'tgan mavsumni "Everton"da o'tkazdi. Skandinaviyalik futbolchi APL doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 9ta to'p olib chiqdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar