"Roma" Olsenni "Sheffild Yunayted"ga yubordi

Alisher
1 sen 2021
"Roma" darvozaboni Robin Olsen navbatdagi ijaraga yo'l oldi.

31 yoshli futbolchi 2021/22 yilgi mavsumni Angliya klubida o'tkazadi. Posbon "Sheffild Yunayted" bilan shartnoma imzoladi.

Robin Rim klubiga 2018 yilda kelgan edi, ammo u "bo'rilar" asosiy tarkibiga kira olmadi.

Olsen o'tgan mavsumni "Everton"da o'tkazdi. Skandinaviyalik futbolchi APL doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 9ta to'p olib chiqdi.


AlisherMuallif
Manba: sufc.co.uk