So’nggi yangiliklar

07:25Бугун Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Осиё кубогидаги юришини бошлайди  2 02:55ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ғалаба қозонди, "Милан" эса мағлуб бўлди  17 02:45АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида сўнгги дақиқаларда ғалабани бой берди  19 01:06"Арсенал" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  1 00:39ЕЧЛ. "Брюгге" 90+4 дақиқада урилган гол эвазига дастлабки ўйинда "Аталанта"дан устун келди  9 00:07"Реал" ва "Манчестер Юнайтед" Лукеба учун курашади  1 23:08Кунденинг 2022 йилги трансфери сабаб "Барса"ни судга беришди. Агент унга 3 млн евро тўламаганликларини таъкидламоқда  3 22:36"Челси" "Атлетико" футболчиси учун 70 млн евро таклиф қилишга тайёр  0 22:06Кай Хаверц мавсум сўнггига қадар сафдан чиқди  3 21:24Назорат ўйини. "Бухоро" Туркияда Қозоғистон жамоаси билан жанговар дуранг ўйнади  3 20:57Назорат ўйин. ОКМК Туркияда Грузия жамоаси билан жанговар дуранг ўйнади  1 20:20Деку: "Манчестер Сити" 200 млн евро сарфлади, аммо "Барселона" бунга қодир эмас"  29 19:47ЎФА навбатдан ташқари сайлов Конгресси 22 февраль куни бўлиб ўтади  8 19:28U-17 Antalya Youth Cup. Ўзбекистон U-17 марокашлик тенгқурларига мағлуб бўлди  18 19:17"Манчестер Юнайтед" "Манчестер Сити" собиқ футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0

Prevyu. "Roma" - "Napoli" yoki "Yuventus" va "Milan" etakchiga yaqinlashib olishi mumkin Yangiliklar

Prevyu. "Roma" - "Napoli" yoki "Yuventus" va "Milan" etakchiga yaqinlashib olishi mumkin

Italiya chempionatining 28-turi qiziqarli bahslarga boy bo'lishi kutilmoqda.

"Yuventus" - "Benevento"

"Milan" va Italiya termasidagi jamoadosh, do'stlarning to'qnashuvi — hattoki ular boshqarayotgan jamoalar kuchi teng bo'lmasa ham. SHunday bo'lsa-da, "Yuventus" tarkibida bir qator yo'qotishlar mavjud. Kuadrado yo'qligi sabab qanotda Bernardeskini ko'rsak ajabmas. Dibala, Demiral, Bentankur va Remsi safga qaytishga deyarli tayyor, lekin katta ehtimol bilan biz ularni terma jamoalar o'yinlari tufayli yuzaga keluvchi tanaffusdan keyin maydonda ko'ramiz. "Benevento" ham yo'qotishlardan holi emas va bu borada birinchi bo'lib Kamil Glikni qayd etish zarur. Himoya chizig'iga usiz oson bo'lmasligi turgan gap. SHuningdek, jamoa ustozi Leticiya hamda Skityarella xizmatlaridan foydalana olmaydi.

Qiziq tomoni, birinchi davrada "Benevento" "Yuventus"ni to'xtata olgandi, jamoalar 1-1 hisobidagi durangga imzo qo'yishgan. Bo'lajak bahsdan avval ham "Yuventus" tabiiyki, yaqqol favorit. Turinliklar birinchi navbatda "Inter"ga ruhan yaqinlashib olishlari mumkin. SHunday ekan Pirlo shogirdlari ilk daqiqalardanoq mehmonlar himoyasiga bosim uyushtira boshlashadi. 


"Verona" - "Atalanta"

"Verona" safida jarohatlanganlar deyarli yo'q. Kalinich va Kolli anchadan buyon jamoaga yordam bera olmayatpi, qolgan barcha futbolchilar esa Yurich qarorini kutib turishibdi. "Verona" uchun oxirgi uchrashuvlar u qadar omadli o'tdi deb bo'lmaydi va bazi o'zgarishlarni ko'rsak kerak. "Atalanta" esa Gosensni yo'qotdi, ammo Toloi safga qaytgan. Gasperini chap qanot lateral muammosini qanday hal qilishi juda qiziq bo'ladi, balki Rudjeriga imkon berilar. Hujumda esa tanlash imkoniyati bilan bog'liq muammo yo'q, Ilichich biroz charchagandek, shu sabab Pessina ilk daqiqalardan o'yinni boshlashi mumkin. SHuningdek, so'nggi paytlar o'yin amaliyoti oldingidanda kamayib ketgan Aleksey Miranchukni ham maydonda ko'rishimiz mumkin.

Birinchi davrada "Verona" safarda "Atalanta"ni 2-0 hisobida mag'lub etgan. SHunday bo'lsa-da, bukmekerlar "bergamoliklar"ga ko'proq ishonch bildirmoqda. Ammo "Verona" Gasperini jamoasi uchun chinakamiga noqulay raqib ekanini takidlash zarur. Yurich bemalol "Atalanta" taktik sxemasiga "ko'zgu tutishi" mumkin, agar shunday bo'lsa mehmonlar ancha mehnat qilishlariga to'g'ri keladi. Kunning birinchi bahsida A Seriya etakchilaridan birini oson o'yin kutib turmagani aniq.


"Fiorentina" - "Milan"

Avvalgi bahsdagi g'alabadan keyin "fialkalar"ning kayfiyati ancha ko'tarilgan bo'lishi tabiiy. Ha, jarohatlar jamoaga qo'shimcha muammolar keltirib chiqarmoqda, ayniqsa Biragi katta yo'qotish bo'ladi. Biroq mezbonlar baxtiga uni alishtira oladigan futbolchi hozir tarkibda bor. SHu o'rinda hozir "Milan" ham o'zining optimal sport formasida emasligini takidlash lozim. Bu o'yinda Leaoning maydonga tushishi so'roq ostida bo'lsa, Kalabriya, Rebich va Mandjukich "rossonerilar"ga bu oqshom yordam bera olmasligi aniq. Yaxshi yangilik ham yo'q emas. Zlatan asosiy tarkibga qaytishga tayyor va bu jamoaning hujum chizig'iga katta kuch beradi. SHuningdek, Benasserning ham qaytishini taxmin qilish mumkin, lekin u endi terma jamoalar o'yinlaridan keyin safga qaytsa kerak.

Oxirgi marta "Milan" bu raqib ustidan 2-0 hisobida zafar quchgan. So'nggi vaqtlardagi omadsizliklarga qaramay, "rossonerilar" bo'lajak bahsda ham favorit hisoblanmoqda. Nima bo'lganda ham bu yilgi "Milan" sovrin uchun kurashayotgani va oltin medallar uchun harakat qilayotganini unutmaslik lozim. SHunday ekan, Pioli shogirdlarida "Inter"ga yaqinlashib olish uchun yaxshi imkoniyat mavjud.


"Roma" - "Napoli"

Fonseka jarohatlar va diskvalifikaciyalardan charchaganini yashirmayapti. Butun mavsum davomida murabbiy bu muammo bilan kurashib kelmoqda va bo'lajak bahs bundan mustasno bo'lmaydi. Hamon Peres, Veretu va Juan jamoaga yordam berolmaydi, qo'shimchasiga ularga Ibanez qo'shildi. Katta ehtimol bilan "bo'rilar" uchrashuvni 4 himoyachi bilan boshlashadi. Hech bo'lmasa hujum chizig'i vakillari, Mxitaryandan tashqari, sog' va jangga tayyor hamda murabbiy El-SHaaravi yoki Pedrodan birini tanlashiga to'g'ri keladi. 

Gattuzo jamoasida ham yo'qotishlar yo'q emas. Himoyachilar Gulyam, Rraxmani va yarim himoya vakili Di Lorenco o'ynamasligi aniq, Manolas esa - so'roq ostida. Oldinda Osimxen va Mertens tanlovi bor, lekin nima bo'lganda ham ularning ikkalasiga o'yin malum vaqt berilishi kutilmoqda.

"Napoli" so'nggi marta 4-0 hisobida zafar quchgan. Hozir esa bukmekerlar kichik ustunlikni "Roma"da ko'rishmoqda. Ha, jamoa Evropa Ligasidan keyin toliqqan, tarkib bilan muammolar, biroq "Napoli" ham ideal holatda emas. Bu bellashuv musobaqa jadvali uchun ham muhim hisoblanadi va murosasiz kurashlar ostida o'tishini taxmin qilish mumkin.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика