Roma MYU himoyachisini to'laqonli xarid qilmoqchi
30 dek 2019 22:10
Yangiliklar


Roma MYU himoyachisini to'laqonli xarid qilmoqchi
“Roma”da ijara asosida to'p tepayotgan MYU markaziy himoyachisi Kris Smolling rimliklarning to'laqonli azosiga aylanishi mumkin.
Bu haqda sport jurnalisti Nikolo SHira o'zining Tvitterdagi sahifasida malum qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, Rim klubi ingliz grandiga futbolchi uchun 15 million evro (3 million evro bonus) taklif etmoqchi. MYU rahbariyati esa futbolchi transferidan kamida 20 million evro ishlab olmoqchi. Smolingning o'ziga esa yiliga 3,2 million evrolik shartnoma taklif etiladi.
Joriy yilgi Italiya chempionatida Smolling 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va 1 ta golga hammualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar