"Roma" "Milan" futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin
08 dek 2019 16:45
Yangiliklar


"Roma" "Milan" futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin
"Milan" yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura yozda "Roma"ga o'tishi mumkin.
"Football Italia" xabariga ko'ra, ayni damda Jakomo borasidagi holatni "Roma" kuzatib bormoqda. Agarda "Milan" bilan shartnomasini uzaytirmasa, "Roma" Jakomoga shartnoma taklif qiladi. 30 yoshli futbolchining "Milan" bilan shartnomasi 2020 yil yozida tugaydi.
Ushbu mavsumda u "Milan" tarkibida 7 o'yinda qatnashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar