"Roma" klubi "Yuventus" ustidan g'alaba qozona oladimi?

Omonjon To`xtamirzayev
20 dek 2018, 16:30
22 dekabr kuni Italiya Chempionati 17-tur doirasida "Yuventus" va "Roma" klublari o'zaro bellashadi.

Italiya Chempionatining so'nggi 7 mavsumida "Yuventus" g'olib bo'lganidan xabaringiz bor. Ushbu mavsumda esa ular 15 martta g'alaba qozonib, 1 bora durang o'ynadi. Bundan ko'rinib turibdiki, 16 tur ortda qolgan bo'lsada, "Yuve"ga hali hech kimning "tishi o'tmayapti".

"Roma" esa g'alaba qozonishi uchun imkoniyati ancha kam. "Yuventus" bu yilgi Chempionalar Ligasida 12 dekabr kuni o'zining so'nggi o'yinini o'tkazdi. Shu sababli, endi bor e'tiborini milliy chempionat o'yinlariga qaratadi. "Yuventus"da 46 ochko, "Roma" esa deyarli ikki barobar kam – 24 ochko to'plagan. 

Shuning uchun, "Roma" o'zining bir maromdagi o'yini bilan maqtana olmaydi. "Bo'rilar" butun mavsum davomida 6ta g'alaba, 4ta mag'lubiyat va 6ta durang natijani qayd etdilar.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru