“Roma” hujumchisi “Kremoneze”ga o'tishga juda yaqin. Bu Belottining transferiga yo'l ochadi
24 avg 2022 09:35
Yangiliklar


“Roma” hujumchisi “Kremoneze”ga o'tishga juda yaqin. Bu Belottining transferiga yo'l ochadi
Bu haqda Nikola Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Roma” forvardi Feliks Afena-Gyan jamoani tez orada tark etadi va “Kremoneze” azosiga aylanadi.
Transfer 7 mln evroga amalga oshishi kutilmoqda. Muzokaralar yakuniy bosqichda turibdi. Bitimga futbolchini qayta sotib olish bandi kiritilmaydi.
Italiya OAV xabariga ko'ra, 19 yoshli Afena-Gyanning ketishi, “Roma”ga Andrea Belottini olib kelish uchun imkon beradi. Ganalik jamoada ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'la olmasligini tushunmoqda.
Feliks o'tgan mavsum asosiy jamoada 22 bahsda qatnashib, 2 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar