"Roma" himoyachisi mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi
30 mar 2021 00:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/628126_original.jpg)
![](/upload/storage/628126_220.jpg)
"Roma" himoyachisi mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi
"Roma" markaziy himoyachisi Marash Kumbulla Albaniya termasi ixtiyorida jarohat oldi va mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi aniq bo'ldi.
"Football Italia" xabariga ko'ra, futbolchi belidan jarohat olgan va shu boisdan kamida uch oy maydonga tusha olmaydi.
Ushbu mavsumda Kumbulla "Roma" tarkibida barcha turnirlarda 23 o'yinda qatnashib, o'z hisobiga 2 gol yozdirib qo'ygandi.
Ushbu mavsumni "Roma" omadsiz o'tkazmoqda. Jamoa A Seriya turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar