"Roma" futbolchisi Franciya chempionatiga ko'chib o'tishga yaqin
25 iyu 2019 11:59
Yangiliklar
"Roma" futbolchisi Franciya chempionatiga ko'chib o'tishga yaqin
"Roma" yarim himoyachisi Stiven Nzonzi faoliyatini Franciyada davom ettirishga yaqin.
30 yoshli futbolchi "Monako"ga o'tishga yaqin turibdi.
Nzonzi "Roma"ga o'tgan yozda "Sevilya" klubidan kelib qo'shilgan edi.
Yarim himoyachi yakunlangan mavsum A Seriyada 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assistga erishgan.
Oldinroq Nzonzining "Lion"ga 20 million evro evaziga o'tishi mumkinligi to'g'risidagi xabarlar paydo bo'lgan edi.
Fikrlar