"Roma" futbolchilariga Dreyk bilan suratga tushish taqiqlandi
16 apr 2019 11:14
Yangiliklar


"Roma" futbolchilariga Dreyk bilan suratga tushish taqiqlandi
Hammaga malumki Dreyk - jahon futbolining mashhur glor muxlisi.
Kecha, 15 aprel kuni "Dreyk lanati" haqida xabar ham elon qilindi: Reper bilan suratga tushgan futbolchining jamoasi bir necha kun o'tib mag'lubiyatga uchramoqda.
Masalan, o'tgan haftada PSJ himoyachisi Leyvin Kurzava reper bilan tushgan suratini "Instagram"ga joyladi va Parij klubi "Lill"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi.
Bundan avval boshqa klublar ham "Dreyk lanati"dan aziyat chekkan edi.
"Roma" o'z futbolchilarini ogohlantirishga qaror qildi.
"Joriy mavsum oxirigacha "Roma"ning barcha futbolchilariga Dreyk bilan suratga tushish taqiqlandi" - deyiladi klub "tvitteri"da.
O’xshash yangiliklar
22:54
Bahrom Haydarov: "Yutqazayotgan vaqtimizda ham rejamizdan chekinmadik va haqli g'alabaga erishdik" 3

Fikrlar