"Roma" Belotti uchun kurashishga tayyor
12 mar 2021 13:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625006_original.jpg)
![](/upload/storage/625006_220.jpg)
"Roma" Belotti uchun kurashishga tayyor
"Roma" "Torino" forvardi Andrea Belotti uchun kurashga qo'shilishga tayyor.
Rimliklar uni mavsum so'nggida Italiya poytaxtidan ketishi mumkin bo'lgan Edin Jekoga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.
Belottining "Torino" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. "Buqalar" futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishdi, ammo u rad etdi.
27 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar