Rojers "Manchester Yunayted"ni boshqarishga rozi bo'ldi
07 noy 2021 23:14
Yangiliklar
Rojers "Manchester Yunayted"ni boshqarishga rozi bo'ldi
Bir qator muvaffaqiyatsiz o'yinlardan so'ng "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher istefoga chiqish arafasida turibdi.
Aftidan "qizil iblislar" rahbariyati allaqachon norvegiyalik mutaxassisga o'rinbosar topib bo'lgan. Angliya Premer-ligasida katta tajribaga ega bo'lgan "Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers uning o'rnini egallashi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, u "Old Trafford"da ishlashga roziligini og'zaki tasdiqlagan. "Qizil iblislar" rahbariyati yaqin orada murabbiyni jamoaga olib kelishi mumkin.
Fikrlar