Rojers: “Bizning jamoa klub tarixidan joy oldi”
09 dek 2019 08:12
Yangiliklar


Rojers: “Bizning jamoa klub tarixidan joy oldi”
“Lester” ustozi jamoasining APLda ketma-ket qo'lga kiritilgan 8 ta g'alabasiga izoh berdi.
“Futbolchilarimiz “Aston Villa”ga qarshi qoyilmaqom o'yin namoyish etdi. Klub uchun tarixiy kun, bizning ishtirokimiz esa buni isbotlab turibdi. Bu haqiqatdan ham ajoyib. Ushbu jamoa “Lester” klubi tarixidan o'rin oldi. O'yin qiyin bo'ldi. Ammo kuchli ishtiyoq bilan sifatli o'yin namoyish etdik. Agar so'nggi paslarda yaxshiroq ishlaganimizda yana 1-2 ta gol urishimiz mumkin edi”, — deydi Rojers.
“Lester” 16-turdan so'ng 38 ochko jamg'argan holda APL musobaqa jadvalida 2-o'rindan joy olib turibdi. 1-o'rindagi “Liverpul”da esa 46 ochko mavjud.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar