Rodrigo: "U bilan to'qnashsam, samolyot bilan to'qnashgandek bo'laman"
15 noy 2022 20:34
Yangiliklar


Rodrigo: "U bilan to'qnashsam, samolyot bilan to'qnashgandek bo'laman"
"Real" futbolchisi Rodrigo Goes jamoasida unga qarshi o'ynash qiyin bo'lgan sherigi haqida gapirdi.
- SHeriklaringizning katta qismi mundialda Sizga qarshi o'ynashi mumkin. Agarda biror kishini termadan chiqarib tashlash kerak bo'lganida aynan qaysi jamoadoshingizni tanlagan bo'lardingiz? Aynan kimga qarshi o'ynash juda qiyin?
- Ularning barchasi zo'r, agarda shunday imkoniyat berilganda men Antonio Ryudigerni Germaniya termasidan ketkazgan bo'lardim. U juda kuchli, hujumchilar o'tishda juda qiynaladi. Ishoning, uning har kunlik mashg'ulotidan zavq olaman.
- Rostdan ham juda qiyinmi?
- Ryudiger bilan to'qnashsam, samolyot bilan to'qnashgandek bo'laman. U aqlbovar qilmas!, - dedi "Real"ning braziliyalik futbolchisi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar