Rodri "Oltin to'p"da kimlarga ovoz bergan bo'lardi? Futbolchining o'zi javob berdi
12 noy 2024 22:10
Yangiliklar


Rodri "Oltin to'p"da kimlarga ovoz bergan bo'lardi? Futbolchining o'zi javob berdi
Futbolchi yaqindagina ushbu sovrinni qo'lga kiritgandi.
"Manchester Siti" klubi futbolchisi Rodri "Oltin to'p" so'rovnomasida qatnashganda, kimni qaysi o'ringa qo'ygan bo'lardi? Futbolchi ushbu savolga javob berdi. "Siti" yarim himoyachisi birinchi o'rin haqida indamadi, faqat ikkinchi va uchinchi o'rinlarga kim mos tushishini aytdi.
"Oltin to'p" sovrini uchun ovoz berish imkoniyati bo'lganda, Daniel Karvaxalni ikkinchi o'ringa, Vinisius Juniorni esa uchinchi o'ringa qo'ygan bo'lardim", -deydi Rodri.
Malumot uchun, Rodri shu yilgi "Oltin to'p" so'rovnomasida Vinisiusni 41 ballga ortda qoldirib, sovrinni qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar