Robinson: "Mourinoga ikkita transferlar oynasi kerak"
30 iyu 2020 23:18
Yangiliklar
Robinson: "Mourinoga ikkita transferlar oynasi kerak"
"Tottenxem"ning sobiq posboni Pol Robinson "shporlar"ni boshqarayotgan Joze Mourino haqida gapirdi.
"Unga ikkita transferlar oynasi kerak. Hozirgi tarkibda balans yo'q. Jamoada hujumkor futbolchilar juda ko'p, himoya esa sust. Yan Vertongen ham tarkibdan ketadi.
Mourinoga vaqt kerak. Yangi murabbiy kelib, mo'jiza ko'rsatishiga ishonmaslik kerak. Rahbariyat esa unga istagan futbolchisini olib kelishini talab qilish lozim.
Dunyo saviyasidagi murabbiy, tug'ma g'olib, shu sababdan uning "Tottenxem"dagi yarim yillik faoliyatini baholashga erta. Unga biroz vaqt va aytilgan transferlarini amalga oshirish kerak. Keyin nima deyishni ko'ramiz", - dedi sobiq posbon.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar