Robeto Manchini: "Bizda Totti yoki del Pero yo'q"
19 dek 2019 23:09
Yangiliklar


Robeto Manchini: "Bizda Totti yoki del Pero yo'q"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini 2019 yil yakunlarini sarhisob qildi va "moviy gvardiya"ning maqsadlari haqida gapirdi.
- Yakunlanayotgan yil biz uchun ideal darajada o'tdi. Ammo men har doim eng yaxshisi endi kelishidan umid qilaman. Xohlaymanki, kelasi yilda kattaroq muvaffaqiyatga erishamiz. Biz ko'p ter to'kdik, Italiyaning o'tmishdagi zafarli oqshomlarini takrorlash uchun yanada ko'proq ishlashimiz kerak. Bugun jamoamizda Totti yoki del Perolar yo'q, ammo texnik jihatdan yaxshi shakllangan futbolchilarimiz bor, jamoada ichki muhit alo darajada. Bu eng muhimi hisoblanadi. Garchi favoritlar qatorida etirof etilmayotgan bo'lsak ham, Evropa chempionatini yutishga harakat qilamiz. To'g'ri, bizdan kuchli jamoalar bor. Ammo vaziyatni o'zgartirishimi uchun iyungacha vaqtimiz bor, - dedi Manchini "Gazzetta Sports Awards" nashriga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar