Robertson bu yil jarohati sabab maydonga tusha olmaydi
21 okt 2023 11:38
Yangiliklar
Robertson bu yil jarohati sabab maydonga tusha olmaydi
"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson bu yil maydonda ko'rinish bermaydi.
Futbolchi SHotlandiya terma jamoasi tarkibida Evro-2024 saralashi doirasidagi Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'yinda elkasidan jarohat oldi.
Jurnalist Jeyms Pirsning so'zlariga ko'ra, himoyachi endi elkasini operaciya qilishi kerak bo'ladi.
Robertsonning tiklanishi kamida 12 hafta davom etishi kutilmoqda.
Fikrlar