Roberto Martines: “Jamoam bilan faxrlanaman”
19 iyu 2018 01:56
Yangiliklar
Roberto Martines: “Jamoam bilan faxrlanaman”
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Panamaga qarshi o'tkazilgan uchrashuv (3:0) haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashar ekan, shogirdlari bilan faxrlanishini aytdi.
“Men bugungi o'yin va uning natijasidan qoniqish xosil qildim. Hammasi men o'ylagandek kechdi. Yani, jahon chempionatida oddiy o'yinlarning o'zi bo'lmaydi.
Uchrashuvni yaxshi boshladik. Lekin keyin tempni tushirib yubordik. Drisning goli bizga yana o'sha chanqoqlikni qaytarib berdi. Tibo Kurtua ham kerakli vaziyatlarda qutqardi. Bir so'z bilan aytganda, men futbolchilar bilan faxrlanaman”, - dedi Martines.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar