Roberto Martines: “Ikkita klub Elavichga qiziqmoqda”
29 dek 2013 11:18
Yangiliklar


Roberto Martines: “Ikkita klub Elavichga qiziqmoqda”
“Everton” klubi hujumchisi Nikica Elavich, qishki transferlar oynasi mobaynida klubini tark etishi mumkin.
“Ikkita klub o'yinchiga jiddiy qiziqmoqda. Bundan Nikica Elavichning o'zi ham xabardor. Yaqinda uning o'zi bilan gaplashganimda, jahon chempionati arafasida etarlicha o'yin vaqtiga ega bo'la olmayotganini aytdi.
Biz vaziyatdan to'g'ri xulosa chiqarib, klubga ziyon etkazmaydigan qaror qabul qilishimiz shart. Yanvarda nima bo'lishidan qatiy nazar, jamoaga foyda bo'ladi deb umid qilaman”, - deydi bosh murabbiy Roberto Martines.
Eslatib o'tamiz, Elavich ushbu mavsum “Everton”da sakkizta o'yin o'tkazgan.

Fikrlar