So’nggi yangiliklar

15:18Расман: Қирғиз Республикаси бош мураббийи ишдан кетди  0 14:55Шаҳбоз Жўрабеков: "Иккинчи даврада "Бухоро"ни юқорида кўрасиз, Бекхэмнинг зарбаларини кўриб катта бўлганман"  2 14:34"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин  13 14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  1 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  15 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  2 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  5 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  25 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  3 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  34

Roberto Losada: "Futbolchilarimdan hafa emasman, ular bugun juda yaxshi o'yin namoyish etishdi" Yangiliklar

Roberto Losada: "Futbolchilarimdan hafa emasman, ular bugun juda yaxshi o'yin namoyish etishdi"

OFK kubogi doirasidagi "So'g'diyona"-"Istern" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Gongkong klubi bosh murabbiyi Roberto Losada ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Uchrashuv kutilganidek og'ir o'tdi. Jismoniy jihatdan mezbonlar kuchli o'yin namoyish etdi. Qarshi hujumlarda gol o'tkazmaslikka harakat qildik. Umumiy jihatdan aytadigan bo'lsam, yaxshi o'yin bo'ldi.

- Uchrashuv davomida jamoangiz asosan qarshi hujumga tayanib o'ynadi. Birinchi bo'limdan so'ng hisob 0:0 vaqtida nega uslubni o'zgartirmadingiz? Yoki uslubni o'zgartirishga "So'g'diyona"ning o'yini yo'l qo'ymadimi?

- Bizni asosiy rejamiz 90 daqiqa davomida yaxshi o'yin ko'rsatish edi. Uchrashuvning ikkinchi qismida zaxira futbolchilarini maydonga tashlab o'yinimizni kuchaytirishni maqsad qilgandik. Ikkinchi bo'limda yuzaga kelgan vaziyatdan foydalana olmadik. O'yin so'ngida mezbonlar tomonidan tashkil etilgan ajoyib hujum golga aylandi.

Futbolchilarimning hech biridan hafa emasman. Ular bugun maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Bugun "So'g'diyona" vakillari tomonidan kuchli hujumlar tashkil etildi. Bundan tashqari, darvozabonni ham etirof etish joiz, kerakli vaziyatlarda yaxshi seyvlarni amalga oshirdi.

- Jamoangiz raqibni yaxshi o'rganibdi, bu o'yin davomida ko'rindi. "So'g'diyona"ni chempionlik yo'lidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- "So'g'diyona" juda kuchli jamoa. Bu klubning alohida akademiyasi va bazasi mavjudligi moliyaviy jihatdan barqaror ekanini ko'rsatadi. Bu jamoadan kelajakda yaxshi o'yinlarni kutayapman. Bugungi mag'lubiyat biz uchun juda og'ir bo'ldi.

Bu bosqichga etib kelish oson bo'lgani yo'q. Bosib o'tgan yo'limizda bir qator kuchli raqiblarni ortda qoldirib bu ergacha etib keldik. Gongkongda pandemiya muhiti hukmron bo'ldi, shu bois mashg'ulotlarni o'z maydonimizda o'tkaza olmadik. SHunga qaramasdan turnir davomida yaxshi natija ko'rsata oldik deb o'ylayman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика