Roberto Karlos: "Angliyalik muxlislar italiyalik futbolchiga haykal qo'yishlari kerak"
27 iyu 2021 14:01
Yangiliklar
Roberto Karlos: "Angliyalik muxlislar italiyalik futbolchiga haykal qo'yishlari kerak"
Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Roberto Karlos "CHelsi" yarim himoyachisi Jorjinoni maqtadi.
"Istalgan top-jamoada Jorjinoning yo'qligi seziladi, Braziliya termasida ham, hatto. Uning texnikasi kuchli, maydonni yaxshi ko'radi va juda sovuqqon. U doim keyingi qaysi harakat yaxshi bo'lishini biladi. To'pni raqibdan zo'r olib qo'yadi va joyni zo'r tanlaydi.
Jorjino ham Italiya, ham "CHelsi" safida natija ko'rsatdi. Angliyalik muxlislar "CHelsi"ga Evropa ligasi va Evropa chempionlar ligasini yutishda yordam bergani uchun unga haykal qo'yishlari kerak", – deydi "Real" sobiq futbolchisi La Repubblica nashriga.
Fikrlar