So’nggi yangiliklar

13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  13 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  7

Roberto Badjo: “Futbolga imkonim boridan ko'prog'ini berganman” Yangiliklar

Roberto Badjo: “Futbolga imkonim boridan ko'prog'ini berganman”

Roberto Badjoning maydonda amalga oshirgan ishlarini buyuk rassom Rafaelning ishlariga qiyoslashgan.

Faoliyatida o'rtacha har 2 o'yininng birida gol urgan italiyalik futbolchi Nobel associaciyasining jahon tinchligi uchun kurashdagi sovrini bilan mukofotlangan. Uni jahonda juda yaxshi tanishadi. Italiyalik hamkasblarimiz Badjo bilan muloqot uyushtirishdi.

– Faoliyatingizni tugatganingizda buni ozodlik deb izohlagansiz.

– Erkin bo'lish haqida gapirganimda butsalarimni mixga ilib, o'zim duch kelgan jismoniy og'riq va azoblarni nazarda tutgandim. Oxirgi yillarda bu odatiy holga aylangandi. “Breshiya”da o'ynaganimda uchrashuvdan keyin 2 kun og'riq bilan yurardim. Uyga kelib, mashinadan qiyinchilik bilan tushardim. Bir oyog'imni qo'yib, keyin eshikka suyanardim. Keyingi yakshanbada esa yana o'ynardim. Og'riq qoldiruvchi ukollar bilan, albatta.

– Demak, ko'p yillaringizni bag'ishlagan o'yinni o'ynashdan to'xtash siz uchun erkinlikka chiqish bo'lgan, shundaymi?

– Ha, faqat jismoniy tomondan. SHaxsiy va ruhiy taraflar bo'yicha ham. Men futbolga imkonim darajasidan ko'proq narsa berdim. O'sha holatda o'zimni baxtli his qilgandim. Ortiq narsa qila olmasdim. Erishgan narsalarimdan xursand bo'lganman. Oxirgi chempionatni yakunlaganimda “San Siro”dagi olqishlar, terma jamoa uchun o'ynashni to'xtatganimda Genuyadagi qarsaklar og'riqlarimga kompensaciya vazifasini o'tab bergan.

– Sinovingiz juda vaqtli, 1985 yil Riminida boshlangan. Siz 18 yoshda maydonga tushardingiz.

– Ha, o'shanda debyutim ro'y bergandi. Meni fenomen deb nomlashgandi, lekin haqiqat meni tezda erga tushirgan. Jiddiy jarohat olganim sababli rostdan erga tushgandim. Tizzamdan va bog'lovchi to'qimalarim shikastlangandi. SHifokorlar oyog'imga qarab, boshlarini qimirlatgan va futbolga qaytishim qiyin bo'lishini aytishgandi. Tizzamdan jami 6 operaciyani boshdan kechirdim. 4 marta o'ng va 2 marta chap tizzamdan. O'sha paytlarda menisk operaciyasi xavfli sanalardi, hozir esa oddiy narsaga aylangan. Operaciyalarim juda qiyin bo'lgandi. Lekin qiyinchiliklarni engib o'tish uchun hech qachon kurashdan to'xtamaganman.

– Eng qiyin operaciyani Florenciyada boshdan kechirgansiz.

– O'shanda tizzamdan operaciya bo'lgandim. Og'riq qoldiruvchi ukolni allergiya sababli qabul qilolmasdim. 220 marta ip tikishgan. Dahshatli bo'lgandi! Onamga meni yoqtirsa, o'ldirishi kerakligini aytgandim. Jismoniy azoblar tufayli yomon holatda edim. Ko'nikkan hayotim qo'ldan chiqib ketayotganiga chiday olmasdim. Ikki haftada 12 kilogrammga ozganman. Hech narsa emay, tinimsiz yig'laganman. Juda qiyin holatlarga duch kelganman. Har safar kurashishda davom etish uchun kuch topardim. O'zimga oxirigacha borishim kerakligini aytganman. Xarakterim borligi va omaddan ko'ra kuchim ko'proqligini isbotlashni xohlagandim. Orzu bo'lsa, uni amalga oshirishga hech qanday tizza xalal bermaydi.

– Bunday qiyinchiliklarga dosh berish uchun futbol sizga jiddiy ishtiyoq bergan bo'lishi lozim.

– Futbol hamisha intilishim bo'lgan. Hojatga ham to'p bilan borardim. Har doim jahon chempionati finalida Braziliya terma jamoasiga qarshi o'ynayotganimni tasavvur qilardim. SHunday ekan, men orzusini ro'yobga chiqargan insonlar qatoriga kiraman. Ko'p aziyat chekdim, yig'ladim, qo'rqdim. Lekin mening kunim keldi.

– Tabiat siz uchun nimani bildiradi?

– Bu xursandchilik. Men tabiat bilan bir butunlikda yashayman. O'zimni tabiat qo'ynida yaxshiroq his qilaman. Yolg'iz bo'lishni yoqtiraman, buning uchun o'rmon yoki daryo qirg'og'idan yaxshiroq joy yo'q. Ovozlar deyarli yo'qoladi va sen sukunat bilan yolg'izlikda qolasan. SHunday tarzda ko'p vaqtimni o'tkazaman. O'zim to'qnash kelgan qiyinchiliklar va qilgan xatolarim haqida o'ylayman.

– Aynan qaysi xatolar haqida?

– Men yuqoriga tepib yuborgan penalti haqida.

– Xarakteringiz murabbiylar bilan til topishishga xalal bergani to'g'risida gapirishadi.

– Bunday emas. Hamkasblarim bilan doimo munosabatlarim qalin bo'lgan. Ulardan hamisha qanday o'ynaganim va o'zimni qanday tutganim haqida so'rardim. Futbolda futbolchilar muhim deb hisoblaganman. Albatta, murabbiy o'yinchiga yaxshiroq xususiyatini ochishga yordam berishi mumkin, lekin to'pni qaytaradigan, pas beradigan va darvozaga tepadiganlar baribir o'yinchilar bo'ladi. Futbol – bu futbolchilar.

– Murabbiylar bilan doimo yaxshi chiqishmagansiz.

– Inkor etmayman, qiyinchiliklar bo'lgan. Muxlislar bilan munosabatim hamisha ajoyib kechgan. Hammaga yoqmagan paytimda ham. O'sha vaqtlarda futbolchining obro'sini yo'q qilish uchun birgina salbiy tarix etarli edi. Hozir barchasi ochiqroq. Men kimgadir aylanish yoki men haqimda ko'p gapirishlarini yoqtirmaydiganlar toifasidan edim. Bu o'zini katta olish emas, bosiqlik edi. Hech qachon etibor markazida bo'lishga intilmaganman. Ko'pchilik meni u erga xohishimga qaramay, qo'yardi.

– 1994 yilgi jahon chempionatida Norvegiya bilan uchrashuvda Sakki sizni Palyuka chetlatilgandan keyin almashtirganda xursand bo'lmagansiz.

– Siz shunday qilarmidingiz? Futbolni yoqtirganlar uni o'ynashni istashadi, tomosha qilishni emas. Kimdir maydondan xursand chiqib ketayotsa, undan xavotirga tushish kerak. Bu xuddi ko'cha futbolidek, unda hech kim va hech qachon maydondan chiqishni xohlamaydi. Lekin ko'p o'ylanib, Sakki taktika tarafdan to'g'ri qarorga kelgan deb xulosa chiqarganman. Hissiyot holatida bu narsa menga ishonib bo'lmasdek tuyulardi. Lekin bizda faqat hissiyotlar emas, aql ham bor.

– Faoliyatingizdagi eng yaxshi vaziyat qaysi?

– Ayta olmayman. Balki, u bo'lmagandir. Jarohatlar meni har bir quvonchli lahza boshiga qaytash bilan yakunlanib qolishi mumkinligini o'rgatdi. Bu menga har bir kun avvalgisidan yaxshiroq ekanligi haqida o'ylashga yordam berdi.

– Bu 1994 yilgi jahon chempionatiga ham taalluqlimi?

– Ko'proq desa ham bo'ladi. Tasavvur qiling, bu qanday hodisa bo'lgandi. Bolalikdagi orzum amalga oshdi. Men jahon chempionatidaman, har bir uchrashuvda oldinga qarab qadam tashlaganmiz. Ikkinchi o'yindan men to'p kiritishni boshladim. Har safar golimni nishonlaganimda italyanlar uylarida nima ro'y berayotganini o'ylardim. Keyin penaltilar seriyasi ro'y berdi va men xato qildim. O'layotganimdek tuyulgandi. O'shanda ham vatandoshlarimning munosabati to'g'risida o'ylardim. Qiyin bo'lgandi. Hozirgacha tinchlanmadim. O'shanda tribuna tomon italyanlar bilan bir xil bo'lgan orzularimning baxtli yakunini yo'lladim. Haligacha bundan afsusdaman.

– Siz o'ynagan qaysi terma jamoa kuchliroq edi?

– Uchta mundialda o'ynaganman. Har uch jamoa juda kuchli edi. Har safar biz penaltilar seriyasida yutqazganmiz. 1990 yil biz juda kuchli bo'lganmiz. 6 o'yinda yutib, bittasida durang o'ynaganmiz. SHuning o'zi bizni 3-pog'onaga jo'natishga etgandi. Yana omad ham kerak. Bizda u bo'lmagandi.

– Agar 1998 yil ajoyib zarba noaniq emas, darvozaga to'g'ri ketganda...

– Hozir biz boshqa chempionat haqida gapirayotgan bo'lardik. O'sha chempionatni yutishimiz mumkin edi.

– Qaysi golingizni eng chiroyli deb hisoblaysiz?

– Ehtimol, “Breshiya” safida “Atalanta”ga urilgan golni. To'pni darvozabon ustidan chiroyli tushirib qo'yganman. Yoki Rimda kiritgan to'pimni shunday deb aytish mumkin. Barchasi tanlov lahzasiga bog'liq.

– “Breshiya”ni ko'p tilgan olyapsiz. Va siz faqat yaxshi gapirgan murabbiyni, Karletto Macconeni.

– Unga faqat minnatdorchilik bildirishim mumkin. U menga ishongan va futbolda yana 4 yilni o'tkazishimga yordam bergan. Ajoyib yillarni. U yaxshi va to'g'ri inson. Odatda dunyoda yo'llarimiz ikkiyuzlamachi, qo'rqoq insonlar bilan to'la bo'ladi.

– Himoyachilardan ko'plab zarbalar qabul qilgansiz. Biroq himoyachilardan boshqa tanlovga o'rin qoldirmagansiz.

– Zarbalarga ko'nikkanman. Himoyalanishga intilganimda yanada ko'proq zarbalar olardim. Zarba berishga harakat qilganimda yanayam battar. O'shanda maydonda bo'lgan 3 nafar hakam doim ham bularni ko'rmay qolardi. Sariq kartochka olishdan avval himoyachilar ikki marta meni tepishga ulgurishardi. O'shanda hozirgidek nimalar deganingni ham o'qishga yordam beradigan kameralar soni ko'p emasdi. O'zimni yaxshi his qilsam, ular meni pulemyot yordamida ham to'xtata olishmasdi. Yomon holatimda 3 yashar bolakay ham buni uddalardi.

– G'alaba siz uchun nima?

– Sportda bu maqsadga etishishdir. Bu mehnat natijasi, faqat iqtidorning emas. Hayotda sen qilayotgan narsalarning quvonchidir.

– Xafalik-chi?

– Hamisha odamlarni xursand qilishni xohlaganman. Bu nasib etmasa, men uchun qayg'uli edi. O'ynamagan paytimda men uchun afsuslanarli bo'lardi. Boshqalarga xizmat qilish meni ilhomlantirgan. Barcha masuliyatni his qilganman.

–Balotelli haqida qanday o'ylaysiz?

– U bilan gaplashishni istardim. Agar bu oxirgi imkoniyat bo'lmasa, oxirgidan bitta avvalgisidir. Agar hozir o'zgarish ro'y bermasa, keyin muammoga duch keladi. Faqat afsus qoladi. Uni jahondagi eng kuchli futbolchilardan biri deb hisoblayman. U o'zi bo'lishi kerak bo'lmagan insonga aylanishga urinayotgandek taassurot qoldiradi.

– O'ynagan 7 jamoangizdan qay biriga bog'langansiz?

– Hammasiga. O'zim o'ynagan klublarga muxlislik qilganman. Lekin sevimli jamoam sifatida “Boka Xuniors” qoladi.

– “Yuventus”ga o'tishga harakat qilmagandek ko'ringansiz.

– Jamoaga qarshi hech narsam yo'q edi. SHunchaki Florenciyada qolishni xohlardim. Klub o'shanda yaxshi yo'l tutmagan. Oldindan biror gap aytmay, meni sotib yuborishgan. Muxlislarga hech qaerga ketmasligimni aytganman, keyin klub meni ogohlantirmasdan sotgan. O'shanda shunday qilib, barcha aybni futbolchilarga ag'darishardi. Xuddi ular pul uchun ketgandek. Mening misolimda bularning bari yolg'on. Florenciyaliklarga minnatdorchilik aytish uchun qolishni istagandim. Dastlabki 2 yilda umuman o'ynamaganman. Lekin meni kutishdi va yoqtirishdi. Buni qanday unutish mumkin? Bunaqasi “Bolonya”da takrorlangan. 1997 yil meni “Inter”ga sotishdi. CHempionat o'rtasida, yani yanvarda. Lekin ishqibozlar abonementlarni sotib olishgandi va mening o'ynashimni kutishardi. SHu sababli transfer va pullardan voz kechib, mavsumni “Renato Dall’Ara”da tugatishni istaganman.

SHu o'rinda Badjoning Florenciyadan Turinga ko'chib o'tishi qanday hodisaga sabab bo'lganini keltirib o'tamiz. 1990 yil 18 may kuni Antonio Kalendo matbuot anjumanida Badjoning “Yuventus”ga 11 milliard lira evaziga sotilganini malum qildi. Bu qaror tiffozilarning oxirgi sabr kosasini ham to'ldirib yubordi. Olomon to'planib, norozilik namoyish boshlanadi. Bu barchani birlashtirgandi. Norozilik bildiruvchilar 5 ming atrofida edi. Policiya ularga qari ko'zdan yosh chiqaruvchi gazni qo'llaydi. “Fiorentina” prezidenti Pontello ofisni qo'riqchilar yordamida tark etadi. Biroq kechqurun ko'chalarga Florenciyaning barcha aholisi chiqadi. Pontello tarafga tangalar uchishni boshlagan. Uning uyi bir kilometr radiusda o'rab olinib, hududga hech kim kiritilmagan. Bir qator muxlislar terma jamoa shug'ullanadigan Koverchanodagi bazaga borib, Badjoni haqorat qilgan. O'sha kecha 11 nafar inson jarohat olgan. Bir necha kundan keyin Pontello klubni Vittorio CHekki Goriga sotib yuborgan.

– Borgonova haqida qanday xotiralaringiz bor?

– “Fiorentina”da birga o'sdik. Birga 32 gol urganmiz. Terma jamoaga birga taklif olganmiz. U yaxshi futbolchi va ajoyib inson bo'lgan.

– Futbolda do'stlashish mumkinmi?

– Bu so'z men uchun ko'p narsani bildiradi. Bu restoranga xotining bilan borish degani emas. Bu atrofingda hech kim yo'qligida birga bo'lish deganidir. Seni barcha irg'itib yuborganda kimgadir suyanish mumkinligidir. Bugun Turinda bo'ldim. Bir inson komada ekan. Uning qarindoshlari u hamisha menga muxlislik qilganini aytishdi va men bilan uchrashuv yordam berishi mumkinligiga umid qilishayotganini bildirishdi. Buni shuning uchun aytyapmanki, o'zing bilmagan inson bilan ham do'stlashish mumkin. Olish uchun berish lozim.

– Zamonaviy futbolda nima yoqmaydi?

– Hozir jamoalarga futbolchilar kelmoqda, ketmoqda. Juda tez. Bularni kuzatib borish qiyin. SHu sababli klub va o'yinchilarga nisbatan biror hisni tuyish mushkul.

– Nega federaciyadagi lavozimingizni tark etdingiz?

– Byurokratiya ko'p. O'zgarishlar bo'lmayapti. Hamma o'zgarishlar ro'y bersa, bu hokimiyat tizimi qulashiga olib kelishidan qo'rqadi. Yoshlar futboli uchun nimadir qilishni istagandim. Har yili yoshlar paydo bo'ladi. Biroq tizim va tuzilma yo'q. Faqat pulni foydasiz sarflash bor. Futbolda hech narsani tushunmaydigan insonlarga qarshi kurashishimga to'g'ri keldi.

– Italiyada kimni eng iqtidorli o'yinchi deb o'ylaysiz?

– SHubhasiz, Berardi. U menga juda yoqadi.

– Skudettoni kim yutadi?

– Eshiting, tushunaman, chempionatni bunday boshlagandan keyin so'zlarim g'alati yangrar, lekin “Yuventus” boshqalardan kuchli ekaniga ishonaman.

– Futbol bola uchun nimani anglatadi?

– Orzu. Men tongda, tushda va kechqurun orzu qilardim. Oyog'imda to'p bilan yiqilish va turishni o'rgandim. Yashashni o'rgandim. Balki, shu sababli menga bolalikdagi orzularimni amalga oshirish nasib etgandir.

“Corriere dello Sport” nashridan olindi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика