So’nggi yangiliklar

10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  0 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  9 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  10 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  7 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  11 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  2 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  18 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  2 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  4 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  2 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  17

Robert Varela: "Odatda mag'lubiyatdan xursand bo'lmaydilar, ammo men bugun xursandman" Yangiliklar

Robert Varela: "Odatda mag'lubiyatdan xursand bo'lmaydilar, ammo men bugun xursandman"

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatining 3-turida Yaponiya - Avstraliya o'rtasidagi o'yindan so'ng Robert Varela matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.
“Yaponiya Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Odatda mag'lubiyatdan xursand bo'lmaydilar, ammo men bugun xursandman. Sababi Yaponiya tarkibi safida kuchli futzalchilar ko'p, shu bois ham tajriba ustun keldi“, - deydi murabbiy.

- Bugun Avstraliyaning guruh bosqichidagi eng yaxshi o'yini bo'ldimi?
- CHorak finalga chiqib bo'lganimiz uchun bir qator boshqa futzalchilarga imkoniyat berdim. Jarohat olgan va sariq kartochkalari bor o'yinchilarni asradik. Sababi bugun natija muhim emas edi.

- CHorak finalda Tailand yoki Vetnam jamoalaridan biriga qarshi o'ynaysizlar. Ular haqida nima bilasiz?
- Janubiy SHarqiy Osiyo chempionatida guruh bosqichida Vetnam, finalda Tailand bilan o'ynagandik. SHu bois ularni yaxshi bilamiz. SHu bilan birga raqiblar ham bizni yaxshi bilishadi. CHorak finalda yutgan jamoa Jahon chempionatiga chiqadi. Kim raqib bo'lsa ham oson o'yin bo'lmaydi.

- Bugungi o'yinda keyingi uchrashuvdan oldin taktikalar sinovdan o'tkazib oldingizmi?
- Albatta biz navbatdagi bellashuvga ham tayyorgarlik ko'rdik. Yaponiya bilan bahsga mag'lub bo'lish uchun tushmadik. Ammo vaziyatga real qarash kerak. Taktikamizni sinab ko'rdik, biroq raqib musobaqa favoritlaridan biri edi.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика