Robert Levandovski: "Yangi yilda qarorimni elon qilaman"
06 noy 2013 15:56
Yangiliklar


Robert Levandovski: "Yangi yilda qarorimni elon qilaman"
"Borussiya" hujumchisi Robert Levandovski nima uchun klubdan ketmoqchi ekanini malum qildi.
25 yoshli polshalik futbolchining so'zlariga ko'ra, u shunchaki o'z kuchini boshqa sharoit va boshqa klubda sinab ko'rishni istayotgan ekan.
Eslatib o'tsh kerakki, futbolchining "Borussiya" bilan shartnomasi 2014 yil yozida o'z nihoyasiga etadi. Klub bilan shartnomani uzaytirishdan esa u bosh tortdi. Futbolchi uchun asosiy davogarlar sifatida "Bavariya", "Barselona" va "Monako" klublari ko'rsatilmoqda.
"Yangi yilda men o'z qarorimni elon qilaman. SHuning uchun, o'sha vaqtga qadar bu masalada hadeb menga bog'lanaverishlarini istamayman. "Borussiya"dan ketishim sababi? Kelasi mavsumda yangiroq sinovlarni his etib ko'rmoqchiman. Dortmundda o'zimni har doim qulay his qilgan bo'lsam ham", dedi Levandovski.
Fikrlar