Robert Levandovski Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
01 dek 2015 08:30
Yangiliklar
Robert Levandovski Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Bavariyaning polshalik hujumchisi Robert Levandovski Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.
27 yoshli futbolchi Germaniya chempionatining 6-turida Volfsburgga qarshi o'yinda (5:1) zaxiradan maydonga tushib 51-60-daqiqalar oralig'ida 5ta gol urdi.
Levandovski bir yo'la 4ta sertifikatga ega bo'ldi: eng tezkor xet-trik uchun (3 daqiqa va 22 soniya), eng tezkor poker uchun (5 daqiqa va 42 soniya) va eng tezkor penta-trik uchun (8 daqiqa va 59 soniya). Bundan tashqari u Bundesligada zaxiradan maydonga tushib eng ko'p gol urgan (5ta gol) futbolchiga aylandi, deb xabar bermoqda Bundesliga rasmiy sayti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Fikrlar