Robert Levandovski: Borussiyada ajoyib 4 yilni o'tkazdim
04 may 2014 16:16
Yangiliklar
Robert Levandovski: Borussiyada ajoyib 4 yilni o'tkazdim
Dortmundning Borussiya klubi hujumchisi Robert Levandovski Xoffenxaymga qarshi o'yindan (3:2) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Bu klubda ajoyib 4 yilni o'tkazdim. Muxlislarimiz meni g'aroyib tarzda kuzatib qo'yishdi. Ko'zimda yosh bilan stadionni tark etdim. Bir tomondan men klubdan ketayapman, ikkinchi tomondan bugun g'alaba qozondik.
Ortda qolgan yillar davomida ikki marta Germaniya chempioni bo'ldik, ikki marta ikkinchi o'rinni oldik, umid qilamanki bu yil ikkinchi marta Germaniya kubogini qo'lga kiritamiz.
Borussiya uchun borimni berdim va doim jamoa g'alabalariga o'z hissamni qo'shishga urindim, – deydi Levandovski.

Fikrlar