Robert Levandovski "Bavariya"ga hujumkor o'yinchilar etishmayotganligi aytdi
09 avg 2019 12:59
Yangiliklar


Robert Levandovski "Bavariya"ga hujumkor o'yinchilar etishmayotganligi aytdi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski agar myunxenliklar "Manchester Siti"dan Leroy Saneni sotib olishsa ham, klub yana bir vingerga ehtiyoj sezishini aytib o'tdi.
- "Bavariya" hujumdagi 3 o'yinchisini yo'qotdi, ularning o'rniga esa yangilari yo'q. Agar Sane kelsa ham, bizga yana bir vinger kerak bo'ladi.
Butun bir mavsum tajribali 13-14 o'yinchi bilan o'tkazish qiyin bo'ladi", - deb qo'shimcha qiladi Levandovski.
Ammo, Leroy Sane "Liverpul"ga qarshi o'yinda olgan jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi. SHunday ekan, nemis klubi ham futbolchini sotib olish imkoniyatlari keskin kamayib ketdi.
Eslatib o'tamiz, Levandovski 2014 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar