Robert Levandovski: "Bavariya" futboldan zavq olishi kerak"
16 okt 2017 22:35
Yangiliklar


Robert Levandovski: "Bavariya" futboldan zavq olishi kerak"
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski ECHL doirasidagi "Seltik"ka qarshi bo'lajak o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Bu biz uchun juda muhim o'yin. Ikkita uchrashuvdan keyin 3 ochko bu juda kam. Hujumda samaradorlikni oshirib, himoyada ancha tartibli o'ynashimiz kerak bo'ladi.
Yupp Xaynkesning birinchi ish haftasi ancha unumli bo'ldi. Murabbiy bizdan har bir kichik detallarga etibor qaratshimizni istamoqda. Mashg'ulotdagi har bir pas, har bir darvoza tomon yo'llanadigan zarba muhim ahamiyatga ega. Nafaqat o'yinda, balki mashg'ulotlar paytida ham to'liq konsentraciya bilan ishlashimiz lozim.
"Bavariya" butun jamoa bo'lib hujumga o'tishi, futboldan zavq olishi kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar