Robbi Fauler yangi mavsum CHL g'olibini taxmin qildi
05 avg 2019 11:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/510552_original.jpg)
![](/upload/storage/510552_220.jpg)
Robbi Fauler yangi mavsum CHL g'olibini taxmin qildi
"Liverpul" hamda Angliya terma jamoasi hujumchisi Robbi Fauler CHempionlar Ligasining 2019/20 yilgi mavsumida kim g'olib bo'lishi mumkinligini taxmin qildi.
Uning taxminicha, CHLning yangi mavsumida "Atletiko" chempion bo'ladi.
- Mening ekspertlik kareram hali boshlanmadi, ammo agar men kimgadir munosib pul tikishni xohlasam bu CHL musobaqasida bo'ladi. Albatta, "Liverpul" ham "Real" kabi finalga qanday chiqish kerakligini biladi.
"Manchester Siti" kubokni boshi uzra baland ko'tarishiga umid qilmoqda. "Barselona" esa "Enfild" uchun yaxshilanishga harakat qiladi.
Ammo, menda boshqa bir variant bor. Bu Madridning "Atletiko" klubi. To'g'ri, ular Rodrini "Manchester Siti"ga, Grizmanni esa "Barselona"ga sotishdi. Lekin, Feliks, Lorente, Ermoso va Tripper kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolashdi. Ularning bosh murabbiyi Diego Simeone qanday yutish kerakligini yaxshi biladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar