Rasman: Robbi Fauler Hindiston klubi bosh murabbiyiga aylandi
10 okt 2020 03:00
Yangiliklar


Rasman: Robbi Fauler Hindiston klubi bosh murabbiyiga aylandi
“Liverpul” va Angliya terma jamoasining sobiq forvardi “Ist Bengal” ustoziga aylandi, deya xabar qiladi klub rasmiy sayti.
U o'tgan mavsum Avstraliyaning “Brisben Roar” jamoasini boshqargan, undan oldinroq esa “Muangtong Yunayted”da o'ynovchi murabbiyi sifatida ishlagandi.
Malumot o'rnida, “Ist Bengal” o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, quyi diviziondan yuqori ligaga ko'tarilgandi. Hindiston Superligasi 2020/21 yilgi bahslari noyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar