Robben faoliyatini tugatishga shama qildi

Mirjalol Normatov
28 mar 2018, 11:55
"Bavariya" futbolchisi Aren Robben hali jamoa bilan yangi shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib bormayapti.

34 yoshli futbolchi jamoa tarkibida 280dan oshiq uchrashuvda maydonga tushdi va Bundesliga hamda YCHL g'olibiga aylandi.

Uning myunxenliklar bilan shartnomasi ushbu mavsum yakunlanganidan keyin tugaydi va u erkin agentga aylanadi.

Gollandiya termasida 96-uchrashuvini o'tkazganidan keyin Robben "Bavarischer Rundfunk" nashriga shunday fikrlar bildirdi.

"Shoshilmayapman. Biroq hali yangi shartnoma borasida muzokaralar bo'lmayapti.

Karl-Xaync Rummenigge bilan yangi kelishuv borasida muzokarani aprel oyida o'tkazishimizni kelishib olganmiz. Ko'ramiz, oldimizda qanday voqeliklar bo'larkin...

2018/19 yilgi mavsumda ham o'ynaymanmi? Bu juda qiyin masala. Futbol uchun yoshingiz qarib qolar ekan, faoliyat ham oxirlanib boradi. To'g'ri qarorni qabul qilish juda qiyin.

Hozircha biroz kutib, tanamning holatini bilib olmoqchiman. Qaror chiqarish uchun barcha faktorlarni inobatga olish kerak", - dedi Robben.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com